Huquqiy
Foydalanish shartlari
CINEROVA saytidan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz. Shartlar o’zgarganda sahifa yangilanadi va muhim o’zgarishlar haqida bildirishnoma yuboriladi.
1. Hisob
- Hisob ma’lumotlari (email va parol) faqat sizga tegishli va uchinchi shaxsga berilmasligi kerak.
- Bir hisob bir foydalanuvchi va uning oilasi uchun mo’ljallangan.
- Hisobingizdagi har qanday harakat uchun javobgarlik sizda.
2. Obuna va to'lov
- Premium obuna tanlangan muddat uchun oldindan to’lanadi.
- Obuna avtomatik yangilanmaydi — muddat tugagach bepul rejaga qaytasiz.
- Bekor qilinganda obuna to’langan muddat oxirigacha ishlashda davom etadi.
3. Kontentdan foydalanish
Platformadagi kontent faqat shaxsiy, notijorat tomosha uchun. Quyidagilar taqiqlanadi:
- video va subtitrlarni yuklab olish yoki qayta tarqatish;
- ommaviy joylarda namoyish etish;
- himoya vositalarini chetlab o’tishga urinish;
- avtomatlashtirilgan vositalar bilan katalogni ko’chirish.
4. Sharhlar
Sharhlar moderatsiyadan o’tadi. Haqorat, reklama, havolalar va spam o’chiriladi; qoidalarni takroran buzgan hisob sharh yozish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
5. Xizmatning uzluksizligi
Biz xizmatning barqarorligi uchun harakat qilamiz, lekin texnik ishlar yoki uchinchi tomon xizmatlaridagi uzilishlar tufayli vaqtincha to’xtashlar bo’lishi mumkin. Uzoq muddatli uzilish yuz berganda Premium obuna muddati tegishli ravishda uzaytiriladi.
6. Bog'lanish
Savollar bo’yicha bog’lanish sahifasidan foydalaning.